15 iyu 15:29
Yangiliklar

Aleksandr Usik: "U bunga loyiq emas!"
Usikning iddaosiga ko'ra, Tayson MMA jangchisi Frensis Ngannu bilan jangga rozilik berib, noto'g'ri qaror qilgan.
"Farzandlarim odatda menga Tayson bilan jang qilmaslikni aytishadi. CHunki u bunga noloyiq. Hozir Tayson Fyuri haqida gapiryapman, sababi o'zingiz mendan shuni so'radingiz. Agar siz uni eslamasangiz, u internetda bazi jirkanch narsalar bilan ko'rinish beradi.
Sizningcha, u o'z divizionidagi yoki kuchli o'ntalikka kiruvchi bokschilarni emas, balki ringda birorta ham jang o'tkazmagan yigitlar bilan boks tushayotgani g'alati emasmi? Ngannu uchun bu juda zo'r, ammo Tayson Fyuri uchun emas. Men bolalarga nima dedim? Men sizning otangizman va o'zim qaror qabul qilaman. O'g'illarim, shunday ekan, bir oz kutib turing", - dedi Usik.
Fikrlar