01 noy 07:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Aleksandr Usikning CHisoraga qarshi jangi 12 raund davom etdi + VIDEO
Bugun tunda ukrainalik bokschi Aleksandr Usik britaniyalik Derek CHisoraga qarshi jang o'tkazdi.
12 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi va yakunda g'olib ochkolar evaziga aniqlandi.
Ochkolar hisobiga ko'ra, hakamlar 117-112, 115-113, 115-113 ko'rinishida ukrainalik Aleksandr Usikning g'alabasini qayd etishdi.
Ushbu g'alaba orqali Usik WBO Inter-Continental kamarini qo'lga kiritdi va ayni paytda Entoni Joshuaga tegishli bo'lgan WBO chempionlik kamari uchun davogarga aylanib oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar