30 dek 13:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Aleksandr Volkov MMAni tanqid qilgan Umar Kremlyovga kinoya bilan javob qaytardi
Rossiyalik MMAchi, og'ir vaznda UFC jangchisi Aleksandr Volkov Xalqaro boks assosiaciyasi prezidenti Umar Kremlyovga kinoya bilan javob qaytargan yangi videosini joyladi.
Video joylanishiga Kremlyovning so'nggi so'zlari sabab bo'lgan.
"MMA nima? Bular kurashda, boksda, qo'l jangida o'zlarini ko'rsata olmagan sportchilardir. Tabiiyki, ular MMAga borishadi, u erda o'zlarini ko'rsatish uchun", — degandi Umar Kremlyov.
"Bugun tog' chang'isi, kurash va boksda omadi kelmagan yigitlar bilan yig'ildik. Barchamiz biroz MMA bilan shug'ullandik. CHunki, boshqa sport turlarida bizni qabul qilishmaydi. Barchaga yaxshi kayfiyat tilayman. Agar kimnidir omadi kelmayotgan bo'lsa, MMAda kutamiz", - dedi Volkov.
Diyor Mavlonov tayyorladi
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar