So’nggi yangiliklar

18:56Диёра Келдиёрова Словенияда машғулотларга киришди + ФОТО 0 18:28ОФК хулосаси: Ўзбекистон ЖЧда қандай ўйнади? 0 18:01Тарихий ютуқ: Жаҳон чемпионатида икки нафар ўзбекистонлик чавандоз иштирок этади 0 17:24Лайма Владсон Лейпцигдаги турнирнинг асосий тўрига йўл олди 0 16:50UFC рейтинги янгиланди. Нурсултон Рўзибоев ва Богдан Гусковнинг ўринларида ўзгариш рўй берди 0 16:19Винисиус “Арсенал” билан боғлиқ миш-мишлар фонида “Реал” қароргоҳига етиб келди 0 15:53Тошкент IBSA World Games 2027 комплекс мусобақасига мезбонлик қилади 0 15:22Рамазон Темиров қатнашиши кутилаётган турнирнинг асосий баҳси Забит иштирокида кечади + ПОСТЕР 0 14:57"Худди уни кимдир назорат қилаётгандек". Махачев Иан Гаррини танқид қилди 0 14:31100 миллион камми? “Ливерпуль” Франция терма жамоаси аъзоси учун курашмоқда 0 14:06Ислам Махачев бокс қоидалари бўйича жанг ўтказиш таклифига жавоб қайтарди 0 13:24Жошуа — Фьюри жанги Буюк Британияда эмас, бошқа жойда ўтказилиши мумкин 0 12:45"Кимдир ёлғон хабар тарқатибди" - Ислам Махачев 0 12:00"Декабргача ҳали вақт бор". Неймар фаолиятини якунлаши ҳақида фикр билдирди 0 11:29Рой Жонснинг шогирди Бектемир Мелиқўзиевни яна жангга чорлади 0

02 dek 14:15
Yangiliklar

Sport kurashlari

Ali Ahmedov: "Xitoydagi licenzion turnirga yuqori tayyorgarlikda borishimiz kerak"

Erkin kurash bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi maslahatchi murabbiyi Ali Ahmedov licenzion turnirlarga tayyorgarlik ko'rayotgan kurashchilarimiz haqida intervyu berdi.

- Birlashgan kurash dunyosi (UWW) Cerbiyadagi jahon chempionati bekor qilinganidan so'ng uning o'rnida aynan o'sha sanalarda shaxsiy hisobdagi jahon Kubogini o'tkazishga qaror qildi, - deya so'z boshladi A.Ahmedov. - Bunga dunyodagi koronavirus bilan bog'liq epidemiologik vaziyat sabab bo'ldi. Aksariyat kuchli terma jamoalar jahon chempionatiga kelmaslikni lozim topishdi. SHu jumladan, O'zbekiston Sport kurashlari associaciyasi ham bu borada tavakkal qilmaslikni lozim topdi. Bu mavjud vaziyatdan kelib chiqilsa, to'g'ri qaror bo'ldi deb o'ylayman. SHu bilan bir qatorda Dog'istonda mashg'ulot o'tkazayotgan terma jamoamiz azolari agar o'zlari istagan holatlarida jahon kubogida qatnashishlari mumkin edi. Lekin ulardan birgina Rashid Qurbonov bu istakni bildirdi. Qolganlar yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rishni afzal bilishdi. Osiyo chempioni Ilyas Bekbulatov esa qo'lidagi jarohatini davolash bilan band. U o'tgan yili jarrohlik stoliga yotgandi. SHundan keyin bir nechta musobaqada ishtirok etdi. Yil so'nggiga kelib operaciyadan keyingi asoratlar bo'y ko'rsatdi. Jarohat izi o'zini eslatdi. Natijada Ilyas qo'lining tirsak qismini takroriy operaciya qildirdi. Bu safargi jarrohlik amaliyoti u darajada murakkab emas edi. O'ylaymanki, Bekbulatov tez orada musobaqalarga tayyor bo'ladi. O'zbekiston terma jamoasining qolgan vakillari - Magomed Ibragimov, aka-uka Isa va Javrail SHapievlar sog'-salomat, ular mashg'ulotlarda ishtirok etishyapti. Hozir biz hammamiz Prielbruseda o'tkaziladigan mashg'ulotga kiryapmiz. Biz bilan u erda UFC jangchisi Rustam Xabilov ham mashg'ulot o'tkazadi. Ilyas o'zi bilan kichik ukasi, o'smirlar o'rtasidagi Evropa o'yinlari g'olibi Magomedaminni ham olib kelgan. 

- Nima uchun aynan Prielbruse tanlandi?

- Biz "Terskol" tog'-dam olish maskanidagi "Ushba"dagi bazaga joylashamiz. Ayni paytda kurashchilarimiz uchun baland emas, aksincha o'rtatog' sharoitida mashg'ulot o'tkazish foydaliroq. U erda barcha sharoitlar muhayyo qilingan. SHu yil avgust oyida ham Prielbruseda mashg'ulot o'tkazgan edik. O'shanda bizga baza maqul kelgandi. Kabardino-Balkariyadagi yig'indan dekabr oyining o'rtalarida uyga qaytamiz va keyin Dog'iston terma jamoasining mashg'ulotlariga qo'shilamiz. Ushbu yig'in esa bizga yanvar oyida ananaviy tarzda o'tkaziladigan Ivan Yarigin xotira turniriga tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi.

- Krasnoyarskdagi bu turnirda ishtirok etasizlarmi?

- Ha, aynan Yarigin Gran-pri turniri bilan yangi mavsumni boshlab olamiz. Bu musobaqa bizga mart oyidagi Olimpiada licenzion turniriga tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi. Erkin kurashchilarimiz Xitoydagi licenzion turnirga o'zlarining yuqori sport formalarida etib borishlari kerak. Biz murabbiylar hozir bor etiborimizni shunga qaratganmiz.  

PS. Malumot uchun, erkin kurash bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi hisobida hozircha Tokio-2020 Olimpiadasi licenziyasi yo'q. Lekin buning uchun hali ikkita musobaqa bor. Birinchi kvalifikacion musobaqa – Osiyo turniri (26-28 mart, Xitoy, Siyan) bo'lsa, ikkinchisi Jahon licenzion (29 aprel – 2 may, Sofiya) musobaqasi hisoblanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing