So’nggi yangiliklar

19:30Қоч Ўзбекистон келяпти: Богдан Гусков тарихий имконият остонасида, Рамазон Темиров эса ўз йўлини давом эттиради (мутолаа учун) 0 19:05Дастин Порье фаолиятидаги энг кучли рақибни айтди. Бу Ислам Махачев эмас 0 18:39Алекс Перейра навбатдаги жангини қачон ўтказишини маълум қилди 0 18:14Равшан Эрматов U-20 Жаҳон чемпионати санаси, янги стадион очилиши ҳамда Осиё кубоги мезбонлиги ҳақида гапирди 0 17:45UFC тарихида ўзбекистонлик жангчилар илк марта бундай натижага эришишди 0 17:23Магомед Анкалаев: "Мен билан жангга тайёргарлик кўриш учун 10 йил керак!" 0 16:57Ўзбекистон Davis Cup - Group III турниридаги иштирокини бошлаш арафасида 0 16:30Дешам Испанияга қарши ўйин олдидан: "Улар яққол фаворит" 0 15:58Царукяннинг жанги чемпионлик мақомида бўлади + ПОСТЕР 0 15:19Нурсултон Рўзибоев янгиланган рейтингда ТОП-15'га кириб олди 0 14:56Пауло Коста нега Анкалаев билан жангдан бош тортганини маълум қилди 0 14:23Колумбия футболчиси ўлим таҳдидлари туфайли ЖЧ-2026`дан сўнг ватанига қайтмади 0 13:49FIDE Жаҳон Кубоги форматида ўзгаришлар бўлди 0 13:22Дастин Порье Макгрегорга: "Сени яна калтаклашга тайёрман" 0 12:57Аичи-Нагоя 2026: Uzbekistan Aquatics, волейбол ва велоспорт федерацияларида тайёргарлик жараёнлари муҳокама қилинди 0

23 iyu 17:58
Yangiliklar

Boks/MMA

Ali Bagov - Rashid Magomedov jangi "spektakl" deb elon qilindi + VIDEO

Kecha oqshom Rossiyaning Sochi shahrida ASA promoushenining navbatdagi turniri bo'lib o'tdi.

ASA 141 oqshomining Co-main event jangida kamdan-kam uchraydigan holat kuzatildi. Engil vazn toifasida Gran-prining chorak finalidan o'rin olgan ushbu besh ranudlik jangda Ali Bagov va Rashid Magomedov o'zaro to'qnash kelishdi. Ikki do'st o'rtasidagi jang xuddi avvaldan kelishilgandek ruhiyatda o'tdi. 

Jangchilar klinchga kirishga urinishar, bir-birlarini ayab, kuchli zarba bermaslikka intilishardi. Bu holat beshinchi raundgacha davom etdi. Referi Gerixan SHibilov deyarli har bir raund boshida jangchilarni ayamasdan jang qilishga chaqirdi. Oxiri asablari dosh bermagan ACA rahbari Mayrbek Xasiev oktagonga yugurib chiqdi va jangni to'xtatishga majbur bo'ldi. Har ikki jangchi diskvalifikaciya qilindi. Ali ham, Rashid ham bu qarorga etiroz bildirishmadi. 

"Bo'ldi! To'xtatamiz! ASA ligasi bolalar bog'chasi emas. Bu jiddiy liga. Kim nima deb valdirasa ham, men uchun bu dunyoning kuchli ikkinchi ligasi hisoblanadi. Bizni hurmat qilmaganlarga javobimiz shu. Bo'di! Diskvalifikaciya! Bu yog'iga asablarim dosh bermaydi. Bu nima degan gap? Sizlar bu erdagilarni yosh bola ko'rib, hammaning ustidan kulyapsizlarmi? Bo'ldi, sizlar bo'shsizlar!", - deya yorildi Xasiev.  

Takidlash joiz, ushbu chorak final jangi g'olibi Gran-pri 1/2 finalida Artem Reznikovga qarshi oktagonga chiqishi lozim edi. Ikkinchi yarim finalda esa Eduard Vartanyan va Yusuf Raisov o'zaro to'qnash kelishlari belgilangan. 

Ushbu jarayon videosini tomosha qiling:


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing