So’nggi yangiliklar

07:01Бугун Абдусатторов Total Chess турниридаги иштирокини бошлайди 0 22:35Асадбек Самандаров Дакар Олимпиадасининг кумуш медали соҳиби 0 22:31Дакар-2026: Паризода Талабова кумуш медалга сазовор бўлди 0 20:30Ўзбекистонлик трамполинчилар Нанкиндаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 19:59Формула-1. Ландо Норрис — Бразилия Гран-приси ғолиби! 0 19:28Футзал. Ўзбекистон Тожикистонга жавобсиз учта гол урди 0 18:57Екатерина Гейниш Ўзбекистон терма жамоасини тарк этиб, яна Россия сафига қайтди 0 18:26Арман Царукян Пётр Яннинг ярим енгил вазнга ўтиш шартини айтди 0 17:55Трамп UFC раҳбарига Оқ уй матбуот котиби лавозимини таклиф қилганини ҳазил деб атади 0 17:24АПЛда илк истеъфо яқин. Жамоага янги мураббийликка номзодлар ҳам маълум — The Athletic 0 16:53Шавкат Раҳмонов жароҳати қайталангани ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 16:21Хоккей бўйича Осиё чемпиони аниқланди 0 15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 15:19Флик "Барселона"нинг Ла Лигада "Атлетико" устидан қозонган ғалабасидан сўнг нималар деди? 0 14:48Zagreb Grand Prix 2026 учун таркибимиз тасдиқланди: Диёра ва Давлат ҳам Хорватияга боради! 0

29 apr 17:04
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Ali, Tayson va barcha davrlarning eng yaxshi superog'ir vaznli bokschilari (TOP10)

Teglar :  BoksTOP10
Boks olamining eng shov-shuvli, ommabop vazn toifasi bu shubhasiz superog'ir vazn hisoblanadi.

Boks tarixida super og'ir vaznda juda ko'plab kuchli bokschilar bo'lgan. Hozir biz barcha davrlarning eng yaxshi superog'ir vazn toifasi bokschilar reytingini etiboringizga taqdim etamiz. 

10. Evander Xolifild 

Mamlakati: AQSH

Erishgan natijalari: Panamerika o'yinlari kumush medal sohibi (1981), XXIII yozgi Olimpiadaning bronza medali sohibi(1984). Birinchi og'ir vazn mutlaq jahon chempioni (1988). Birinchi og'ir vaznda WBA (1986-1988), IBF (1987-1988), WBC (1988) kamarlari sohibi. Super og'ir vazn mutlaq jahon chempioni (1990-1992), IBF (1990-1992,1993-1994,), WBA (1990-1992,1993-1994), WBF (2010-2011). Yil bokschisi (1987,1996,1997).



9. Lennoks Lyuis

Mamlakati: Angliya

Erishgan natijalari: XXIV yozgi Olimpiada chempioni, Super og'ir vazn mutlaq jahon chempioni (1999), WBC (1993-1994,1997-2001), IBF (1999-2001),WBA (1999). Xalqaro boks shon-sharaf zaliga kiritilgan.



8.Vladimir Klichko

Mamlakati: Ukraina

Erishgan natijalari: XXVI  yozgi Olimpiada chempioni (1996). Harbiylar o'rtasida Olimpiada chempioni (1995). Superog'ir vazn toifasida WBO (2000-2003,2008-2015), IBO (2006-2015),WBA (2011-2015) kamari sohibi. Evropa chempioni EBU talqini bo'yicha (1999).



7. Jo Freyzer

Mamlakati: AQSH

Erishgan natijalari: Olimpiada chempioni (1964), Superog'ir vazn mutlaq jahon chempioni. WBC (1970-1973), WBA (1970-1973) kamari sohibi. Bir nechta tashkilotlar tomonidan yil bokschisi sifatida tan olingan.



6. Jorj Edvard Forman 

Mamlakati: AQSH

Erishgan natijalari: Olimpiada chempioni (1968),Super og'ir vazn mutloq jahon chempioni (1974). WBC (1973-1974), WBA (1973-1974,1994-1995), IBF (1994-1995) kamari sohibi. Yil bokschisi (1973,1976), Yil qaytishi (1994).



5. Mayk Tayson

Mamlakati: AQSH

Erishgan natijalari: Olimpiada chempioni (1982), Superog'ir vazn mutlaq jahon chempioni (1987-1990), WBC (1986—1990, 1996), WBA (1987—1990, 1996), IBF (1987—1990) kamarlari sohibi. Eng istedodli bokschi (1985), Yil bokschisi (1986,1988), Vazn toifasidan qatiy nazar eng yaxshi bokschi (1987-1989).



4. Jo Luis

Mamlakati: AQSH

Erishgan natijalari: Superog'ir vazn mutloq jahon chempioni. Yil bokschisi (1936, 1938, 1939, 1941). Vazn toifasidan qatiy nazar eng yaxshi pancher sifatida tan olingan.



3. Jek Dempsi

Mamlakati: AQSH

Erishgan natijalari: Superog'ir vazn mutlaq jahon chempioni (1919-1926). Vazn toifasidan qatiy nazar eng yaxshi pancherlar orasida ettinchi o'rini egallagan. Ellik yillikning eng yaxshi bokschisi (1950).



2. Rokki Marchiano

Mamlakati: AQSH

Erishgan natijalari: Superog'ir vazn toifasining mutlaq jahon chempioni. Bir marta ham mag'lub bo'lmagan yagona chempion (49-0)  



1. Muhammad Ali

Mamlakati: AQSH

Erishgan natijalari: Superog'ir vaznning mutlaq chempioni (1964—1966, 1974—1978). Yil bokschisi (1963, 1966, 1972, 1974, 1975, 1978). Asr sportchisi (1974).



Xorijiy saytlar asosida Nig'monxo'ja Nozimov tayyorladi

Reyting: +3   

Fikrlar

   
29 apr 21:52:15
sport_expert
tayson olimpiada da qatnawmagan. tem bole 1982 olimpiada bomagan. ali va lenoks olimpia chempionlari
   
29 apr 19:54:26
Adilbek
floyd hayrattaa
   
29 apr 19:38:56
sport_expert
man uchun shaxsan lenoks lyuis barcha davrlarning eng zor bokschisi hisoblanadi. shu inson ni janglarini korip boksga qiziqiwim uygongan. taison holifilid vitali klichko rahman birgs tua makkol va hokazo larni yutkan bunday bokschi qaytip tugilmasa kerak.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing