So’nggi yangiliklar

11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0 10:47Мессининг голи ва узатмаси "Интер Майами"га ғалаба келтирди + ВИДЕО 0 10:06Эркин курашчиларимиз Жаҳон чемпионатини медалсиз якунлашди 0 09:35Богдан Гусковнинг навбатдаги рақиби, жанг санаси ва манзили маълум + ПОСТЕР 0 09:04Усик кейинги жанги бўйича қарор қабул қилди ва рақибини айтди 0 08:23"Тоттенхэм" "Реал" ва "Барселона"га Порронинг нархини эълон қилди 0 07:42MMA юлдузларининг Мойкано - Нолан жангига муносабати: "Жангни ҳакам ютиб берди" 0 07:01"Алекс учинчи чемпионлик камарини қўлга кирита олади" - UFC собиқ чемпиони 0 22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0

04 apr 10:06
Yangiliklar

Dzyudo

Alisherning kumushi oltin bo'lganida "Katta Dubulg'a" turnirini 4-o'rinda yakunlar edik + JADVAL

Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) taqvimidan joy olgan Antaliya "Katta Dubulg'a" turniri ham tarix sahifalaridan joy oldi.

Sayyoramizning 4 qitasi 63 davlatidan jami 525 nafar (312 erkak, 213 ayol) dzyudochi 3 kun davomida 14 ta vazn toifasida musobaqa medallari hamda qimmatli reyting ochkolari uchun bahs olib bordi. Ular orasida O'zbekiston terma jamoasining 17 nafar dzyudochisi ham murosasiz kechgan bellashuvlarda tatamiga chiqdi. 

Terma jamoamiz tarkibi:

AYOLLAR

-48 kg: Xalimajon Qurbonova

-52 kg: Diyora Keldiyorova 

-57 kg: SHukurjon Aminova 

-57 kg: Nilufar Ermaganbetova 

-70 kg: Gulnoza Matniyazova 

-70 kg: SHohista Nazarova

-78 kg: Irisxon Qurbonboeva


ERKAKLAR

-60 kg: Kemran Nurillaev

-60 kg: Dilshod Baratov

-66 kg: Sardor Nurillaev

-73 kg: SHahram Ahadov

-73 kg: Murodjon Yo'ldoshev

-81 kg: SHarofiddin Boltaboev

-81 kg: Muso Sobirov

-100 kg: Muzaffarbek To'raboev

+100 kg: O'tkirbek To'raboev

+100 kg: Alisher Yusupov 


Yakunda 2 ta kumush, 3 ta bronza medalini qo'lga kiritgan jamoamiz 63 davlat orasida 13-o'rinni egalladi. Agar Diyora Keldiyorova yoki Alisher Yusupovning kumush medali oltin bo'lganida, O'zbekiston Antaliya "Katta Dubulg'a" turnirini sof 4-o'rinda yakunlar edi. 

Kumush medal sohiblari

-52 kg: Diyora Keldiyorova

+100 kg: Alisher Yusupov


Bronza medal sohiblari

-60 kg: Dilshodbek Baratov

-66 kg: Sardor Nurillaev 

-81 kg: SHarofiddin Boltaboev 

Gruziya terma jamoasi 2 ta oltin va 2 ta kumush medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi. Franciya terma jamoasi 2 ta oltin va 1 ta kumush medal bilan ikkinchi bo'ldi. Kuchli uchlikka Braziliya 1 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medali bilan yakun yasab berdi. Antaliya tatamilarida 23 davlat terma jamoalari kamida 1 ta medal qo'lga kiritdi. 

Taqqoslash uchun, O'zbekiston terma jamoasi o'tgan yilning 1-3 aprel kunlari o'tkazilgan Antaliya "Katta Dubulg'a" turnirida bitta oltin medalni qo'lga kiritgandi. O'shanda Diyora Keldiyorova barcha raqibalarini engib, chempionlik shohsupasiga ko'tarilgan edi. Hamyurtlarimizdan Gulnoza Matniyazova 5, Muhammadkarim Hurramov va Alisher Yusupov 7-pog'onadan joy olishgandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing