21 jan 13:06
Yangiliklar
Boks/MMA

Aljameyn Sterling: "Pyotr Yan barchasini o'z qoni bilan to'laydi"
Super engil vazn chempioni Aljameyn Sterling o'zining asosiy raqibi Pyotr Yan haqida gapirdi.
Haqiqiy chempion va vaqtinchalik chempion 9 aprel kuni UFC 273 turniri doirasida o'zaro jang qilishadi.
"Bizning qarama-qarshilik 2020 yilda turli sabablarga ko'ra ikki marta qoldirildi. Qizig'i, ikkalasida ham bu Yanning taklifi edi. O'shanda u o'zining sevimli steroidlarini istemol qilishga ulgurmagandi. Menda boshqa fikr yo'q.
Men Yanni iloji boricha tomoshabop qilib er tishlataman. SHundan so'ng esa Dillashou va Joze Aldo tomon boraman. Endi men to'liq formadaman. Ko'ramiz, haqiqiy qirol kim ekan?
Kamar menda va men rasman chempionman. Bunga erishish oson bo'lmadi. 9 aprel kuni revanshda Pyotr Yan barchasini o'z qoni bilan to'laydi", - deydi Sterling.
Havola :
Manba : BJPenn
Fikrlar