24 fev 17:33
Yangiliklar
Aljameyn Sterlingga qisqa muddatda jang berildi
U RAF 6 turnirida engil vazn toifasida sobiq UFC va WEC chempioni Benson Xendersonga qarshi bahs olib boradi. Benson aslida CHed Mendes bilan to'qnash kelishi kerak edi. Ammo jarohat sabab u safdan chiqdi. Sterling esa qisqa fursatda uning o'rnini egallashga rozi bo'ldi.
Liga vakillari amerikaliklar o'rtasida -77 kg vazn toifasida bo'lib o'tadigan bellashuvni rasman elon qilishdi. Ikki yil muqaddam yarim engil divizionga o'tgan Aljameyn Sterling so'nggi jangini o'tgan yilning avgust oyida o'tkazib, Brayan Ortegaga imkoniyatni boy bergan edi.
MMAdagi faoliyatini yakunlagach, Benson Xenderson yakkakurashlarning turli yo'nalishlarida faol ishtirok etishda davom etmoqda. O'tgan yili esa amerikalik ACBJJ 18 turnirida greppling bo'yicha Arman Carukyanga muddatidan oldin yutqazgandi.

Fikrlar