15 apr 15:38
Yangiliklar
Boks/MMA

Aljemeyn Sterling Joze Aldoning "vyzov"iga javob qaytardi
Eng engil vaznda UFC sobiq chempioni Ti Jey Dillashou Aljemeyn Sterling bilan jangga yagona nomzod emas.
"Keyingisi bo'lishga loyiqligimni aytding, va men sening chorlovingni qabul qilaman! Dana Uayt, u fikrini o'zgartirishdan oldin menga shartnoma yuboring!", - deb yozgan Joze Aldo ijtimoiy tarmoqlarda.
Sterling Aldoga javob qaytararkan, tashkilot rahbariyati bilan ushbu jang imkoniyatlarini ko'rib chiqishga tayyorligini bildirdi.
"Dana Uayt, qachon gaplashamiz? Biz ko'p narsani muhokama qilishimiz kerak. Darvoqe, borib birinchi raundni qaytadan ko'rib chiqing. Siz xato qilyapsiz!", - deya UFC prezidentiga murojaat qilgan Sterling.
Havola :
Manba : FightTime
Fikrlar