17 fev 19:27
Yangiliklar
Aljemeyn Sterling navbatdagi raqibi kim bo'lishi mumkinligini aytdi
"Ehtimol, keyingi raqibim Dillashou-Aldo jangi g'olibi bo'lar. Menimcha, bu g'oya yomon emas.
Bu jang tashkillashtirilmagan taqdirda, Dillashou chempionlikka kurashish huquqi uchun Dominik Kruz bilan jang qilishi mumkin. UFC bularning barchasini qanday o'zgartirishini bilmayman. Balki, Dillashou menga raqiblik qilar.
Men hali ham nima bo'lishidan qati nazar, uni kichik firibgar deb o'ylayman. Agar, u yana test protokollariga qarshi yo'l topishga harakat qilsa, hayron bo'lmayman.
Odamlar xohlaganlarini gapiradi. Ammo, agar siz aldamoqchi bo'lsangiz va buni amalga oshirish uchun imkoniyatlaringiz bo'lsa, siz shunday qilasiz. Ko'plab jangchilar hali ham qoidalarni chetlab o'tish yo'llarini topishga harakat qilmoqdalar", - dedi Sterling.
Fikrlar