So’nggi yangiliklar

14:09Фабио Каннаваро: “Мақсадим ва орзуим — Италия терма жамоасини бошқариш” 0 13:38"Уни шунчалик ҳурмат қиламанки, юзига яна зарба бера олмайман" - Топурия собиқ рақиби ҳақида 0 13:07"Жастин ҳеч ким эмас. У ҳеч нарсани ҳал қилмайди". Топурия Гэтжи билан реванш ҳақида фикр билдирди 0 12:36Самбо бўйича Жаҳон чемпионатининг тантанали очилиш маросимидан ФОТОРЕПОРТАЖ 0 12:04Инфантино ЖЧ иштирокчилари сони борасида қарор қабул қилди 0 11:28Ислам Махачев Хабиб билан самбо қоидалари бўйича кўргазмали беллашув ўтказишга тайёрми? 0 10:42Бектемир Мелиқўзиев рақибини нокаутга учратди 0 10:07Самбочиларимиз Жаҳон чемпионатининг биринчи куни 6 та медаль қўлга киритишди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 09:36Фабио Каннаваро: “Ҳақиқий лидерни жамоанинг ўзи танлайди” 0 09:05"Лаънати Конор". Сехудо UFC`ни Макгрегор билан шартномани узайтирмасликка чақирди 0 08:34ONE чемпиони Ислам Махачевни адабини бериб қўймоқчи 0 08:03Карлос Пратес Ислам Махачев билан жанг учун сўнгги муддатни белгилади 0 07:32Фабио Каннаваро: “Илгари муаммолар кийиниш хонасида ҳал қилинарди, ҳозир эса...” 0 07:01UFC Fight Night 293 тарози натижалари. Асосий жанг иштирокчиси рақибидан 10 кг оғир чиқди 0 20:26Махачев Колби Ковингтоннинг таклифини қабул қилди: "Унинг ҳеч қандай имконияти йўқ!" 0

21 apr 07:38
Yangiliklar

Boks/MMA

Aljemeyn Sterling Petr Yan bilan trilogiyaga tayyor

Eng engil vaznda UFC chempioni Aljemeyn Sterling kelgusida Petr Yan bilan uchinchi jangni o'tkazishga tayyor bo'lishini aytdi.

"Agar u menga qarshi 0:3 hisobini xohlasa, biz buni amalga oshira olamiz. Agar siz uning rekordlariga qarasangiz, men uni ikki bor mag'lub qilganimni ko'rasiz, va agar u uchinchisini xohlasa, biz buni uddalay olamiz", - deya takidlagan amerikalik jangchi.

SHuningdek, Sterling rossiyalik jangchini navbatdagi raqibi sifatida ko'rmasligi va Joze Aldo, Ti Jey Dillashou yoki Dominik Kruz bilan jangni afzal ko'rishi haqida gapirdi.

"Yaxshilab o'ylab ko'rsangiz, Dillashou bu jangga loyiq emasligi ayon bo'ladi. Abu-Dabida urushishimiz kerak bo'lganida, uning Yan bilan jangimiz g'olibi bilan jang qilishi haqida ko'p gapirishdi, va bu o'z o'zidan oddiy qabul qilindi.

Rostini aytsam, Rob Fontni mag'lub etgan Joze Aldo bu jangga ko'proq munosib deb o'ylayman. Bu sahiylik nuqtai nazaridan olib qaraganda oqilona ish bo'lardi. Hatto Dominik Kruz bilan jang ham ahamiyatliroq, Ti Jeyning bu erga qanday qo'shilib qolganini umuman tushunmayapman. Bilaman, UFC bu jangni xohlaydi, shuning uchun ham uning ismini tilga oldim.

Agar shunday bo'lsa, bu har qanaqasiga qiziq jang bo'ladi. Muxlislar uni bilishadi, u yaxshi rezyumega ega, shunday yigitni mag'lub etish boyliklarim ko'payishiga katta hissa bo'ladi. Men buni pul uchun qilyapman. Menimcha, bu yigitlarning hammasi mahorat jihatidan bir hil darajada, lekin agar moliyaviy tomondan tanlashim kerak bo'lsa, Ti Jey nomzodini tanlardim".

SHunga qaramasdan, UFC chempioni yaqin yarim yil ichida oktagonga qaytishni rejalashtirmayapti.

"O'n uch oy o'tdi, endi hech qanday jang haqida o'ylashni istamayman. Men oddiy odamlardek hayot kechirishni — dam olish, biroz vazn to'plashni xohlayman. Bu orqali o'zimizni qanday his qilishimizni ko'ramiz, lekin men sentyabr oyidan avval qaytaman, deb o'ylamayman, ehtimol undan keyin ham. Men UFC xohlaganida emas, vaqti kelganini his qilganimda qaytaman".


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing