07 jan 16:15
Yangiliklar

Aljemeyn Sterling: "Rossiya, men jangchingni jazolayman"
Eslatib o'tamiz, kecha amerikalik sportchi 5 mart kuni Las-Vegasdagi UFC turniri doirasida chempionlik jangida rossiyalik Pyotr Yan bilan to'qnash kelishi malum bo'ldi.
"Rossiya, men sening jangchingni jazolayman va bu borada hech narsa qila olmaysizlar. Bularning barchasini kim aytayotganini 5 mart kuni ko'rsataman! Xayrli tong!", — deb yozdi Sterling o'z instagram sahifasiga.
Eslatib o'tamiz, Yan o'z chempionlik kamarini UFC 259 turniri doirasida, Sterling bilan jangda boy bergan. Rossiyalik jangchi 4-raundda egilgan holatida raqibining boshiga taqiqlangan tizza zarbasini bergan. Ko'pchilik o'sha epizodda Sterling o'zini jarohat olgandek ko'rsatyapti deb o'ylagan. Jang to'xtagan paytda Pyotr raundlar bo'yicha 2:1 hisobida oldinda edi.
Fikrlar