25 dek 16:27
Yangiliklar
Almatida 20 yoshli qozog'istonlik jahon chempioni o'ldirib ketildi
Vaziyatga Almati policiya departamenti quyidagicha munosabat bildirdi:
Naurizbay tumani ichki ishlar bo'limi 20 yoshli yigitning o'ldirilishi bo'yicha jinoiy ish qo'zg'atdi. Gumonlanuvchi tezkor qidiruvda qo'lga olinib, vaqtincha saqlash hibsxonasiga olib ketildi.
Dastlabki malumotlarga ko'ra, tanishlar o'rtasida janjal kelib chiqqan, natijada ulardan biri pichoq ishlatgan. Jinoyat quroli olindi. Boshqa holatlar aniqlanmoqda", deyiladi Olmaota shahar policiya departamenti matbuot xizmati xabarida.
Malumot uchun, Ali Serik mashhur ONE Championship Ligasida ishtirok etuvchi professional kikbokschi edi. O'z vaqtida Xamzat CHimaev bilan birga Tailandda mashg'ulot ham o'tkazgandi.
Qozog'istonlik UFC jangchisi Azat Maksum marhumning vafoti yuzasidan taziya bildirdi:
Fikrlar