So’nggi yangiliklar

21:04WTA рейтинги янгиланди. 22 поғона юқорилаган Раҳимова энди дунёнинг 44-ракеткаси! 0 19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0

20 apr 21:29
Yangiliklar

Dzyudo

Almatidagi Osiyo Kubogining birinchi kuni 13 ta medal qo'lga kiritdik, 5 tasi oltin!

Qozog'istonning Almati shahrida dzyudo bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Osiyo Kubogi bo'lib o'tmoqda.

Bugun start olgan qita ochiq kubogida mezbonlardan tashqari Rossiya, Qirg'iziston, Tojikiston va O'zbekistondan istedodli dzyudochilar tatamiga chiqishyapti. 

Quvonarlisi, musobaqaning birinchi kuni hamyurtlarimiz uchun omadli keldi. 

-50 kg vazn toifasidagi vakilimiz Bahrom Boturov barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, oltin medalni qo'lga kiritdi. Bahrom qozog'istonliklar - Sultan Baymirza, Janaris Raxmetkali, yarim finalda yana bir hamyurtimiz Temurbek Bobomurodov hamda hal qiluvchi final uchrashuvida mezbon dzyudochi Muhammad Sativaldini engib, shoxsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarildi. Temurbek Bobomurodov va Sunnatillo To'xtaevlar bronza medaliga sazovor bo'lishdi. 

-60 kg vazndagi dzyudochimiz Azizbek Ortiqov ham Osiyo Kubogining oltin medaliga ega chiqdi. Azizbek qirg'izistonliklar - Alisher Arzikul uluu, Berador Kurmanbekov, qozog'istonlik Dauren Kayratuli, yarim finalda yana bir qirg'iz dzyudochisi CHingizxan Saginaliev va final bellashuvida mezbon sportchi Yikilas Alseytni engib, terma jamoamizga ikkinchi oltin medalni taqdim etdi. 

-90 kg vazn toifasida ham o'zbekistonlik sportchi sharafiga davlatimiz madhiyasi yangradi. Muhammadqodir Mansurov ushbu vaznda barcha raqiblaridan ustun ekanligini amalda isbotladi. U qozog'istonliklar - Nursultan Kablan, Akjol SHalkarov, qirg'izistonlik Anarbek Ishenbaev engdi. Final bahsida esa tatami egasi Rauan Najimxanovni mag'lubiyatga uchratdi va oltin medalni qo'lga kiritdi.   

+90 kg vazn toifasining final uchrashuvi ham hamyurtimiz ishtirokida kechdi. Lekin Qahramon Rahmonov oltin medal uchun bahsda qozog'istonlik raqibi Jurkamirza SHukurbekovga yutqazib qo'ydi va kumush medal bilan taqdirlandi. Ushbu vaznda ishtirok etgan yana bir vakilimiz Islombek Ravshanqulov bronza medali bilan yurtimizga qaytadigan bo'ldi. 

-66 kg vazndagi polvonimiz Jo'rabek Abdullaev Osiyo Kubogining kumush medaliga ega chiqdi. Yarim finalda rossiyalik Igor Yarovoydan ustun kelgan Jo'rabek oltin medal uchun bahsda qozog'istonlik Tayman Nurgalievga imkoniyatni boy berdi. 

-81 kg vazn toifasining kumush medali ham o'zbekistonlik dzyudochiga nasib etdi. Finalga qadar mag'lubiyatsiz etib kelgan Jahongir Mamatrahimov oltin medal uchun bahsda mezbon sportchi Aydar Arapovdan engildi.  

-55 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Sobirjon Karimov bronza medali bilan taqdirlandi. -73 kg vazndagi vakilimiz Sanjar Pardaev ham Osiyo Kubogining bronza medalini qo'lga kiritdi.  

Osiyo Kubogining qizlar o'rtasidagi bahslarida ham medalga ega bo'ldik. -40 kg vaznda Muhayyo Ahmatova, -57 kg vazn toifasida Farangiz Rejepova kumush medal sohibasiga aylanishdi.  

SHu tariqa, Cadet Asian Judo Cup Almaty musobaqasida Mo'min Nabiev, Sanjar Zokirov va Tohir Fayziev murabbiyligida ishtirok etgan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 3 ta oltin, 5 ta kumush, 5 ta bronza, jami 13 ta medalni qo'lga kiritdi.   

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing