17 dek 11:02
Yangiliklar
Boks/MMA
Aloxon Abdullaev Toshkentda Qirg'iz bokschisiga qarshi ringga ko'tariladi
26 dekabr kuni Toshkentdagi "Humo arena" majmuasida navbatdagi professional boks oqshomi tashkil etiladi.
Musobaqa doirasida havaskor boksda Jahon chempionatining bronza medalini qo'lga kiritgan o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi Aloxon Abdullaev ham chiqish qiladi.
22 yashar hamyurtimiz Qirg'iziston vakili Daniel Abduraxmanov bilan to'qnash keladi.
Aloxon prof karerasi davomida hozirgacha 6 ta jang o'tkazib, 4 ta g'alaba va 2 ta durang qayd etgan. Daniel Abduraxmanov uchun esa bu debyut bahs bo'ladi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar