22 noy 11:34
Yangiliklar

"Alpomish"da 120 000 dollarlik katta kurash turniri boshlandi
World Series Pro va World Series Masters deb nomlangan turnirlarda dunyoning barcha qitasi milliy federaciyalari va eng sara polvonlariga ishtirok etish imkoniyati yaratildi.
Qitaviy chempionatlar so'ngida World Series Pro turniri uchun erkaklar -66 kg, -81 kg, -90 kg va mutlaq, ayollar esa -57 kg, -70 kg va mutlaq vazn toifalarida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun gilamga chiqdilar.
Biroz avval poytaxtimizdagi "Alpomish" sport majmuasida World Series Masters turniri boshlandi. Unda to'rt qitadan kelgan dunyoning eng kuchli polvonlari bellashmoqda.
G'oliblarni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini kutmoqda. Birinchi o'rin 10 000 AQSH dollari, 2-o'rin 5 000, bronza medali sohiblari 1 000 AQSH dollari bilan taqdirlanadi.
Fikrlar