19 noy 19:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Alvares faoliyatini boshqa vaznda davom ettirishni rejalashtirmoqda
Bokschi ikkinchi o'rta vaznda mutlaq chempion bo'lishni rejalashtirayapti.
O'rta vazn toifasida WBA kamari sohibi Saul Alvaresning murabbiyi Eddi Reynoso shogirdining rejalari bilan o'rtoqlashdi.
Uning gaplariga ko'ra Saul Alvares faoliyatini ikkinchi o'rta vaznda davom ettirishni reja qilyapti. O'rta vaznda Alvaresni faqat Gennadiy Golovkin bilan bo'ladigan jang qiziqtirardi.
"Hozir Kanelo uchun o'rta vaznda jang qilish qiyin. Yagona mantiqiy jang bu Golovkin bilan bo'lgan bo'lardi. Ammo, hatto Golovkin uchun ham 160 funt vaznda jang qilish qiyin bo'ladi.
SHu sababli biz hozir o'rta vazn haqida o'ylamasdan, etiborimizni ikkinchi o'rta vaznda mutloq chempion bo'lishga qaratyapmiz", -deydi Eddi Reynoso.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar