22 apr 08:38
Yangiliklar
Boks/MMA

Alvares Golovkin bilan uchinchi jang haqida o'ylamayotganining sababini aytdi
Ikkinchi o'rta vaznda jahon chempioni Saul Alvares Gennadiy Golovkin bilan ehtimoliy jangi haqida gapirdi.
"Diqqat etiborim yuz foiz Bivolda, Golovkin bilan jangning menga qizig'i yo'q. Avval Dmitriy bilan hisoblashishim kerak, keyin esa nima bo'lsa bo'ladi. Lekin muxlislar bu jangni ko'rishni xohlaydi, to'g'rimi? Bu jang muxlislar uchun bo'ladi.
Golovkinning Murata bilan jangi? Ajablantirmadi. Lekin u kuchli ko'rindi. Biroq men hech qachon hayratlanmagan bo'lardim... U nimalarga qodirligini, kuchli ekanligini bilaman, lekin meni hayratda qoldirish qiyin. Men uning nimalarga qodirligini bilganim uchun shunday", - deya Alvaresning so'zlarini keltiradi BoxingScene.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar