03 may 09:08
Yangiliklar
Amaldagi chempion Madrid "Masters" 1/4 finaliga chiqdi
Sayyoramizning ikkinchi raketkasi ispaniyalik Karlos Alkaraz turnirning to'rtinchi bosqich uchrashuvida Germaniya vakili Aleksandr Zverevni (ATR reytingida 16-o'rin) mag'lub etib, chorak finalga chiqdi.
Bahs ispaniyalik tennischining 6/1, 6/2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvning davomiyligi 1 soatu 23 daqiqani tashkil etdi. Alkaraz to'rtta eys zarbasini amalga oshirib, bitta qo'shxatoga yo'l qo'ydi va o'nta breykning to'rttasidan unumli foydalandi. Zverev hisobiga esa uchta eys va to'rtta qo'shxato yozildi. Sportchilarning o'zaro uchrashuvlarida germaniyalik hamon oldinda - 3:1.
Madriddagi "Masters" turniri chorak final uchrashuvida Karlos Alkaraz endi rossiyalik Karen Xachanov bilan kuch sinashadi. Madrid "Masters" turnirining amaldagi chempioni aynan Karlos Alkaraz hisoblanadi.
Fikrlar