29 iyu 12:52
Yangiliklar
Amanda Nunes: "Men yana ikki vaznda UFC chempioni bo'laman"
Ushbu jang Amanda uchun revansh maqomida bo'ladi. O'tgan yili bu ikki aralash yakkakurash ustasining ilk jangida Penya nomdor raqibasini birinchi raundning o'zida bo'g'ish usuli bilan mag'lubiyatga uchratgan va yaxshigina shov-shuv ko'targan edi.
"Julianna istalgan gapirini gapiraversin. Men shanba oqshomida uni yo'q qilaman. Bu kamarimni qaytarish uchun yaxshi imkoniyat. Ishonch bilan ayta olamanki, men yana ikki vazn chempioni bo'la olaman. Faqat bu safar zarbalarimning aniqligiga etibor qaratishim kerak. Albatta, xato qilmaydigan odam yo'q. Men ham birinchi jangda xatoga yo'l qo'ydim. Lekin revansh jangiga tayyorgarlik jarayonida xatolar ustida ishladim. Kamchiliklarimni bartaraf etishga harakat qildim. Raqibimdan ko'ra yaxshiroq tayyorlandim deb o'ylayman. O'rmonda faqat bitta sher bo'ladi va o'sha menman", - deya UFC 277 turniri oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida fikr bildirdi Nunes.
Eslatib o'tamiz, bizning vaqt bilan yakshanba tongida AQSHning Dallas shahrida o'tkaziladigan UFC 277 turnirining markaziy jangida Julianna Penya va Amanda Nunes o'zaro to'qnash kelishadi.
Fikrlar