24 mar 10:04
Yangiliklar
Boks/MMA

Amerikadagi hamyurtimiz Murodbek CHoriev o'tgan yilgi mag'lubiyatidan keyin ilk bor oktagonga ko'tarildi + FOTO
Bugun tongda AQSHning Texas shtati, Xyuston shahrida MMA bo'yicha Fury FC 103 turniri tashkil etildi.
Musobaqaning asosiy kardi doirasida asli o'zbekistonlik, hozirda AQSHda istiqomat qiluvchi Murodbek "Maks" CHoriev oktagonga ko'tarildi. Unga amerikalik Derrik Ageday raqiblik qildi.
Yarimo'rta vazn toifasida o'tkazilgan 3 raundlik jang to'liq davom etib, yakunda hakamlarning yakdil qarori bilan Murodbek CHoriev ochkolar (30:27, 30:27, 30:27) hisobiga ko'ra g'alaba qozondi.
Bu 27 yoshli hamyurtimiz uchun prof faoliyati davomidagi oltinchi jangida qo'lga kiritgan beshinchi g'alabasi bo'ldi. O'tgan yilning may oyida o'tkazgan so'nggi jangida u Darian Uiksga imkoniyatni boy berib qo'ygan edi.
35 yashar Derrik Ageday hisobida esa endi 7 ta g'alabadan tashqari 13 ta mag'lubiyat ham bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar