19 avg 18:56
Yangiliklar
Sport kurashlari, Boks/MMA

Amerikaga borgan Razambek Jamalov chempion Xamzat CHimaevni tabrikladi + FOTO
Yakshanba kuni CHikago shahrida (AQSH, Illinoys) MMA bo'yicha UFC 319 musobaqasi bo'lib o'tgandi.
Uning asosiy jangida asli chechenistonlik, hozirda BAA sharafini himoya qilayotgan Xamzat CHimaev janubiy afrikalik Drikyus Dyu Plessini engib, UFC chempionlik kamarini qo'lga kiritgandi.
Ushbu turnirga erkin kurash bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi safida Parij-2024 Olimpiadasida oltin medalni qo'lga kiritgan chechen sportchisi Razambek Jamalov ham bordi. Turnir yakuniga etganidan keyin Jamalov o'zining Instagram sahifasiga quyidagi suratni joylab, "Bu endi tarix", deya izoh berdi.
Havola :
Manba : instagram.com/zhamalov_razambek
Fikrlar