27 mar 09:05
Yangiliklar
Boks/MMA
Amerikalik cobiq jahon chempioni SHahram G'iyosov bilan jang qilishga tayyor
Yarim o'rta vazn toifasidagi professional bokschimiz SHahram G'iyosovning keyingi raqibi kim bo'lishi mumkinligi aytildi.
34 yoshli Arnold Barbosa InsideTheRing ko'rsatuvida yarim o'rta vaznning hozirgi chempionlari — Rayan Garciya, Devin Xeyni va Rolando Romerodan tashqari bu vaznda eng kuchli bokschi sifatida aynan SHahram G'iyosovni etirof etgan.
Barboza shuningdek, agar Romero SHahram bilan jang qilishni istamasa, chempionlik kamarini bo'shatib qo'yishi kerakligini, titul uchun Arnoldning o'zi istalgan paytda jang qilishga tayyorligini takidlab o'tgan.
Malumot uchun, Arnold Barbosa engil vazn toifasida WBA sobiq chempioni hisoblanadi. U faoliyati davomida 34 ta jang o'tkazib, 33 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat qayd etgan. Yagona mag'lubiyatini Teofimo Lopesdan qabul qilib olgan.

Havola :
Manba : oktogonuz
Fikrlar