31 iyu 11:56
Yangiliklar
Futbol
Amerikalik reper "Tottenxem"ni sotib olishi mumkin
Amerikalik rep ijrochisi Jay-Z Londonning “Tottenxem” klubini sotib olishga tayyor investorlar guruhini rahbari bo'lishi mumkin, deb xabar bermoqda Goal.
“Tottenxem”ning hozirgi egasi Jo Lyuis AQSHda firibgarlik ayblovlari bo'yicha sudlanmoqda. SHu sababli u klubni sotishi mumkin. Jay-Z Evropa futboliga qiziqadi va boshqa amerikalik boylardan o'rnak olib, APL klubini sotib olish haqida o'ylamoqda.
Qayd etilishicha, “Tottenxem” reperga 2 milliard funtni tushishi taxmin qilinmoqda.
Havola :
Fikrlar