02 may 07:28
Yangiliklar
Amerikalik taniqli bokschi Bahodir Jalolovni "sindirish" haqida gapirdi
Anderson talkSPORT nashri muxbiri bilan suhbatda og'ir vazn toifasining bo'lajak etakchilari haqida so'z yuritdi.
"Buni aytish qiyin, chunki bu vaznda bitta o'tkazib yuborilgan zarba tufayli kimdir faoliyatini tugatishi mumkin. Ha, juda qiyin. Ammo divizionimizda bir necha mahoratli bokschilar bor. Muxlislarga Jastis Huni yoqadi.
Menimcha, u juda tajribali bokschi. Ko'ramiz, u nimaga erisha olar ekan. Bahodir Jalolov ham yaxshi. Menimcha, uni "sindirish" oson ish emas. Ammo ishonchim komil-ki, agar siz uning oldingi qo'lini aylanib o'tsangiz, juda sodda jang qilishini ko'rasiz", dedi Anderson.
Malumot uchun, 24 yoshli Jared Anderson prof ringda 17 ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan. Janglarining 15 tasida raqiblarini nokautga uchratgan.
Fikrlar