18 avg 13:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Amerikalik UFC jangchisi: "Oliveyra zo'r, biroq Maxachev va Xabib umuman boshqacha kuchga ega"
Amerikalik UFC jangchisi Lyuk Rokxold Islam Maxachev va CHarlz Oliveyra o'rtasidagi bo'lajak to'qnashuv haqida fikr bildirdi.
"Menimcha, Islam Oliveyradan kuchliroq va u raqibini o'z uslubiga to'g'rilay oladi. Oliveyrani tutganidan so'ng Islam butunlay boshqa jangchiga aylanadi. Bu jiu-jitsu emas, kurash bu umuman boshqa dunyo. Agar Maxachev uni tutsa, hammasi tugaydi. U kuchliroq. Men deyarli barcha engil vaznlilar bilan shug'ullanganman. Xabib bilan Islam boshqalardan farq qiladi, butunlay boshqacha kuchga ega. Ular sizni tutishsa, hammasi tugaydi. Oliveyra zo'r, ammo Islam boshqacha", - deya Rokxoldning so'zlarini keltiradi Sportskeeda.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar