So’nggi yangiliklar

17:15UFC 333: Рамазон Темировнинг Лоне Каванага қарши жанги Тошкент вақти билан соат нечада бошланади? 0 15:23U-15 Жаҳон Кубоги ва фестивали. Ўзбекистон Ганага мағлуб бўлди 0 13:54Дакар-2026: Ўзбекистон сузиш баҳсларида икки спортчи билан қатнашади 0 12:47Бугун UFC 333 турнири ўтказилади: Темиров – Кавана, Ян – Двалишвили ва бошқа жанглар 0 10:03Бугун Тожикистонда ёшлар ўртасида Dushanbe Grand Prix Juniors 2026 турнири старт олади 0 09:26Царукян ва Чимаев жанг қилган RAF 14 турнирининг барча натижалари 0 19:20Бенавидес ва Чесляк ўртасидаги бирлаштирувчи жанги расман эълон қилинди 0 18:45"Ризеспор" бош мураббийи Ҳусниддин Алиқуловнинг ҳолати ҳақида маълумот берди 0 18:07Чимаев вакант UFC камари жанг қилишга тайёр 0 17:29Ненад Лалович UWW президенти лавозимига қайта сайланди. У сайловда ягона номзод эди 0 16:50Хайме Мунгия Бектемир Мелиқўзиев билан келаси йил жанг қилмоқчи 0 16:16Абдуқодир Ҳусанов УЕФА Чемпионлар лигасидаги энг тезкор марказий ҳимоячи деб топилди 0 15:41Жастин Гэтжи Трамп билан пулга гольф ўйнамоқчи 0 14:51Жаҳонгир Зокировнинг Zuffa Boxing’даги навбатдаги рақиби маълум бўлди 0 13:58Чарльз Жонсон Рамазон Темировнинг нокаут бўлишини исташини айтди 0

12 may 19:23
Yangiliklar

Boks/MMA

"Amerikalik vatanparvar sifatida aytamanki - CHimaev g'alaba qozongandi" - Sexudo

UFC sobiq chempioni, amerikalik Genri Sexudo SHon Striklend va Xamzat CHimaev o'rtasidagi UFC o'rta vazn kamari uchun bo'lgan jang haqida fikr bildirdi.

"Menimcha, aslida Xamzat bu jangda g'alaba qildi, garchi men Striklendga muxlislik qilgan bo'lsam ham. SHon uchun bu — ungacha hech kim mag'lub etmagan jangchini engish jihatidan katta yutuq.

SHu bilan birga, menimcha, jang ikkinchi raundda hal bo'ldi. Raund boshlanganidan taxminan bir yarim daqiqa o'tgach, 3:45 daqiqa atrofida SHon Striklend Xamzat CHimaevni ajoyib o'ng xuk bilan ushlab oldi. U chap jeb urdi va keyin — bum — o'ng xuk tegdi. Agar diqqat bilan qaragan bo'lsangiz, sharhlovchilar bunga etibor bermaganini ko'rish mumkin. Menimcha, kimdir haqiqatan ham zarba qabul qilib, muvozanatini yo'qotganda, buni yaxshiroq tushuntirishlari kerak edi. Xamzat haqiqatan ham muvozanatini yo'qotdi, oyoqlari chalkashib ketdi, ammo u o'zini yaxshi ushladi va bilintirmadi.

Biroq Xamzat xatoga yo'l qo'ydi — zarbadan keyin darhol teykdaun qilishga urindi. Seni chayqatib yuborishganida teykdaun qilishga urinmaslik kerak. U sovuqqon ko'rinishini saqlab, oyoqda qolishi va hammasi joyidadek tutilishi lozim edi. Demak, u o'ziga kelib olishi kerak bo'lgan. Ammo buning uddasidan chiqmadi. Birinchi raundda u juda ko'p kuch sarfladi, Striklend esa uni yaxshi charchatdi.

Menimcha, Xamzat vazn tashlash sabab erta charchab qoldi, ammo shunga qaramay, ikkinchi raund Striklend foydasiga eng ishonchli raund bo'ldi. Men bu jangni yana bir bor ko'rib chiqishim kerak, ammo ko'rganlarimga qaraganda hisob 4:1 Xamzat foydasiga yoki kamida 3:2 uning foydasiga bo'lishi mumkin edi. Amerikalik fuqaro, vatanparvar sifatida obektiv bo'lib, CHimaev g'alaba qilganini tan olishim kerak", — dedi Sexudo Pound 4 Pound with Kamaru & Henry YouTube kanalida.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing