So’nggi yangiliklar

21:23"Мағлубият пайти фақат яқин инсонларинг бўлади" — Шаҳрам Ғиёсов 0 20:29Армрестлинг спорт тури янги босқичга кўтарилмоқда 0 19:35"Босимни унутинг, завқ олинг!" — Чилилик эксперт мундиалда Ўзбекистондан нима кутмоқда? 0 18:50Фрэнк Санчес The Ring рейтингида юқорилади 0 18:24Тахмина Икромова яна бир карра Осиё чемпионлигини қўлга киритди 0 17:59Жек Кеттерол фарзандининг вафотидан кейин ҳам таслим бўлмагани учун Шаҳрам Ғиёсовга ҳурмат билдирди 0 17:28"Барселона" "янги Неймар" учун 20 млн евро тўлаши мумкин — AS 0 17:03Кишинёв Челленжери. Фоминни илк даврадаёқ тўхтатишди 0 16:39"Конор UFC'дан кетиш жараёнини тезлаштирмоқчи" - эксперт 0 15:15PFL Усман Нурмагомедовнинг навбатдаги жангини анонс қилди 0 14:30Хави "Милан"да Аллегри ўрнини эгаллаши мумкин 0 13:49"Шу жангни ютсам, ТОП-10'га кираман" - Рамазон Темиров 0 12:36"У сўзида турмади". Бетербиев Бивол ҳақида гапирди 0 11:18Чемпионлик сари йўл. Зангиота руҳи мададкор бунда! 0 10:45Эрон ЖЧ-2026 вақтида Мексикада яшайди, лекин... 0

09 apr 14:20
Yangiliklar

Boks/MMA

Amerikani titratayotgan o'zbek o'g'loni yoxud Fyodor Emelyanenko etrofidagi "Qora bo'ri"

Bir necha kun avval, internet orqali AQSHda istiqomat qilayotgan hamyurtimiz bilan tasodifan tanishib qoldim.

U sport jurnalisti ekanligimdan xabar topgandan so'ng, Murod CHoriev ismli hamyurtimiz AQSH oktagonlarida aralash qoidalar bo'yicha jang sanati, yani MMA yo'nalishida yaxshi natijalarni qayd etayotganligini va uning faoliyatiga qiziqib ko'rishimni tavsiya qildi. SHundan so'ng, bu borada izlanishlar olib borib, ushbu sportchi 1998 yil Qashqadaryoning SHahrisabz shahrida tavallud topganligini, 12 yoshidan buyon Amerika Qo'shma SHtatlarida istiqomat qilayotganligi, sambo va dzyudo bilan yoshligidan beri shug'ullanib kelishi, 16-17 yoshidan MMA turnirlarida ishtirok eta boshlaganligini aniqladim. Hozirgi kunga kelib Murod CHoriev -73 kg vazn toifasida 7 ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan. Quvonarlisi, u janglarning barchasini muddatidan avval nokaut bilan yakunlagan! Yana bir etiborga molik jihati, MMA olamida "So'ngi imperator" nomi bilan mashhur Fyodor Emelyanenkoning shaxsan o'zi hamyurtimizga "Qora bo'ri" nomini bergan ekan! Ushbu sportchimiz va uning promouteri bilan bo'lgan suxbatni yaqin kunlarda etiboringizga xavola etamiz.


Ahmadbek Eshmatov




Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing