01 iyu 20:23
Yangiliklar
Tennis
Amir Milushevning "Rolan Garros"dagi ilk uchrashuvi 52 daqiqa davom etdi
Franciya poytaxti Parijda tennis bo'yicha yoshlar o'rtasida "Katta Dubulg'a" tasnifiga kiruvchi "Rolan Garros" turniri start oldi.
Bugun musobaqaning saralash bosqichidan o'rin olgan ilk uchrashuvlar bo'lib o'tmoqda. Biroz avval o'zbekistonlik 17 yoshli tennischi Amir Milushev ilk saralash bosqichidagi o'yinini o'tkazdi. Janubiy Koreya vakili Ro Xoyongga qarshi kechgan bahsda hamyurtimiz 0/6, 2/6 hisoblarida imkoniyatni boy berdi va afsuski musobaqa bilan erta xayrlashishga majbur bo'ldi. Bahs 52 daqiqa davom etdi.
Malumot uchun, Amir ayni damda ITF dunyo reytingida 87, Ro Xoyong esa 56-o'rinni egallab turibdi.
Endilikda janubiy koreyalik tennischi saralash finalida franciyalik Feliks Balsho hamda AQSH vakili Kuper Voystendik juftligi g'olibiga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar