25 iyu 21:05
Yangiliklar
Kamondan otish, Parij-2024
Amirxon Sodiqov: "Har qanday raqibga tayyorman"
Kamondan otish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Amirxon Sodiqov Parij Olimpiadasidagi chiqishidan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Sportchi bugun yakkalik dasturidagi saralashda ishtirok etib, 13-natijani qayd etgan edi.
"Birinchi marta bo'lgani uchun juda ham hayajonli bo'ldi. SHunday bo'lsa-da, biz o'zimizning hayajonimizni engib, murabbiylarimizning ko'rsatmalarini eshitib, hammasiga amal qildik. Bugun juda ham qattiq shamol bo'ldi. SHu shamolda ham otishga harakat qilib, barcha sportchilar ichida 13-o'rinni oldim. Bu orqali mikstda ham, yakkalik bahslarida ham raqiblarimiz nomini aniqlab oldik. Har qanday raqibga tayyorman", dedi Sodiqov.
Amirxonning yakkalik dasturida 1/32 final bellashuvi 31 iyul kuni argentinalik Mario Damianga qarshi bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar