25 fev 15:02
Yangiliklar
Amman shahri Tokio-2020 Osiyo qitasi saralashiga mezbonlik qiladi
Ushbu musobaqa koronavirus pandemiyasi sabab bir necha bor qoldirilgandi. Avvaliga saralash bahslari Xitoyning Usi shahrida o'tishi kerak edi. 2020 yil fevral oyida o'tkazilgan onlayn ovoz berishda Amman shahri mezbonlikni qo'lga kiritgandi.
Ammandagi saralash musobaqasi 2021 yilning 14-15 may kunlariga belgilandi. 16 may kuni esa parataekvondochilar Paralimpiada yo'llanmasi uchun dayanga chiqishadi.
Malumot uchun, ushbu saralash musobaqasida O'zbekistondan uch nafar taekvondochi (bir o'g'il bola va ikki nafar qiz bola) ishtirok eta oladi. Musobaqa finaliga chiqqan sportchilar Tokiodagi Olimpiadaga yo'llanma olishadi. O'zbekistonlik Nikita Rafalovich Olimpiada reytingi asosida yo'llanmani qo'lga kiritib bo'lgan.
Eslatib o'tamiz, Tokiodagi yozgi Olimpiada bahslari 2021 yilning 23 iyulidan 8 avgustiga qadar bo'lib o'tadi.
O'zbekiston taekvondo WT Associaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar