15 jan 09:54
Yangiliklar
Boks/MMA

Ana bo'lmasa! UFC o'z jangchilariga marixuana istemoliga ruxsat berdi
UFC tashkilotchilari qoidalarning doping-nazorat bandiga o'zgartirish kiritdi.
Unga ko'ra, tashkilot o'z jangchilariga marixuana chekishga ruxsat beradi. Yani, jangchi dopingga taxlil topshirganida, unda marixuana aniqlansa, chetlatish olmaydi va bemalol jangda ishtirok etaveradi.
"Bazida marixuana inson organizmida uzoq muddat saqlanib qoladi. Ha, biz jangchilarning marixuana chekishiga qarshi emasmiz. Lekin marixuani tasirida oktagonga ko'tarilishiga ruxsat bermaymiz", — dedi UFC vice-prezidenti Jeff Novicki.
Eslatib o'tamiz, 2020 yilning dekabr oyida amerikalik UFC jangchisi Niko Praysning test-taxlilida aynan marixuana topilgani sabab, yarim yilga chetlatilgan edi. Bundan tashqari, Prays 8 500 dollar miqdorida jarima ham to'lagandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar