19 dek 18:58
Yangiliklar
Ana xolos! Aleks Pereyra - Magomed Ankalaev jangi o'tkazilmaydi
Bu haqda braziliyalik aralash yakkakurash ustasining o'zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali xabar berdi.
"Raqibim Ankalaev bo'lmaydi", - deya qisqa murojaat va ko'z yosh qilayotgan smaylik qoldirgan Pereyra.
Oktyabr oyining boshida Aleks Pereyra uchinchi chempionlik himoya jangini muvaffaqiyatli tarzda o'tkazgandi. O'shanda u to'rtinchi raundda amerikalik Xalil Runtrini texnik nokautga uchratgan edi. Oradan uch hafta o'tib Magomed Ankalaev davogarlar jangida hakamlarning yakdil qarori bilan avstriyalik Aleksandr Rakichdan ustun keldi.
Bir muddat avval rossiyalik sportchi 2025 yilning may oyida braziliyalik chempionga qarshi oktagonga chiqishini malum qilgandi. UFC chempioni esa bu jang bo'yicha muzokaralar olib borilmayotganini aytgandi.
Eslatib o'tamiz, yaqinda 37 yoshli Aleks Pereyra Las-Vegasda o'tgan World MMA Awards taqdirlash marosimida "Yil jangchisi" deb topilgan edi.
Fikrlar