21 fev 08:09
Yangiliklar
Boks/MMA

Ana xolos! CHempion Dyubuaning Jozef Parkerga qarshi jangi bekor qilindi
Superog'ir vazn toifasida amadagi IBF yo'nalishi chempioni Daniel Dyubua ertaga Ar-Riyod shahrida o'tkaziladigan jangda zelandiyalik Jozef Parkerga qarshi ringga chiqishi kerak edi.
Ammo britaniyalik bokschi jangga bir kun qolganida sog'lig'ida yuzaga kelgan muammo sabab safdan chiqdi. Bu haqda tashkilotchilar ham, taniqli sharhlovchi Ariel Xelvani ham xabar berdi.
"Jozef Parker - Daniel Dyubua jangi bekor qilindi. Ar-Riyoddagi ushbu jang o'tkazilmaydi. Dyubuaning sog'lig'ida muammolar paydo bo'ldi", - dedi reporter.
Eslatib o'tamiz, Dyubua - Parker jangi g'olibi ukrainalik Aleksandr Usikning navbatdagi raqibi bo'lili kerak edi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar