07 may 18:10
Yangiliklar
Anana buzilmadi, qizlarimiz Olimpiada licenziyasini qo'lga kirita olmadilar
Xabar berganimizdek, bugungi dasturdan erkin kurash bo'yicha medallar uchun bellashuvlar, ayollar kurashida esa saralash baxslari o'rin olgan edi. Ayollar kurashi terma jamoamizning olti nafar vakilasi licenziyalar uchun kurashga kirishgandi, afsuski ulardan hech biri yarim finalga ham etib kela olmadi.
Vaholanki, faqat finalchilargagina Olimpiada chiptasi taqdim etiladi. O'zbekiston ayollar kurashi tarixida hali hech bir sportchimizga Olimpiadaga borish nasib etmagan edi. Endi umidimizni Parij-2024 Olimpiadasiga olib qo'yamiz. Ertaga esa yunon-rum kurashi bahslarida ishtirok etuvchi yagona vakilimiz Mahmud Baxshulloevga muxlislik qilamiz. 67 kg vazndagi kurashchimiz 1/8 finalda qirg'izistonlik Amantur Ismailovga qarshi gilamga chiqadi.
Fikrlar