09 iyu 15:10
Yangiliklar
Boks/MMA
"Ancha yopiq tarzda ishladik". Makgregor Xolloueyga qarshi jang uchun tayyorgarlik haqida gapirdi
UFC sobiq chempioni Konor Makgregor Maks Xolloueyga qarshi jang oldidan olib borilgan tayyorgarlik jarayoni haqida fikr bildirdi.
"SHubhalarni mehnat orqali engdim. SHubha faqat tayyorgarlikka etarlicha kuch sarflamasangiz paydo bo'ladi. SHuning uchun ham men kerak bo'lgan barcha ishlarni bajarganimga ishonch hosil qildim.
Bu jang uchun tayyorgarligimiz juda puxta bo'ldi. Agar shunday deyish mumkin bo'lsa, biz ancha yopiq tarzda ishladik. Tayyorgarligimiz va taktikamiz haqida deyarli hech qanday malumot tashqi tomonga chiqmadi. SHanba oqshomida oktagonga haqiqiy va har tomonlama shakllangan aralash jang sanatlari ustasi chiqadi. Buni namoyish etishni intizorlik bilan kutyapman", — dedi Makgregor MMAJunkie nashriga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar