12 may 00:39
Yangiliklar

AND STILL! Doston Bozorov Fazliddin Madrahimovga hech qanday imkon qoldirmay, chempionlik kamarini o'zida saqlab qoldi
Musobaqaning markaziy bellashuvida engil vazn toifasida Octagon League'ning amaldagi chempioni, o'zbekistonlik Doston Bozorov tojikistonlik davogar, reytingning ettinchi pog'onasida turgan Fazliddin Madrahimovga qarshi jang qildi.
Titul bellashuvi 5 raunddan iborat edi. Kutilganidek, jang to'liq davom etdi.
Bahs so'ngida hakamlarning yakdil qarori ila Doston zafar quchgani elon qilindi. Bu Bozorovning chempion sifatidagi ikkinchi muvaffaqiyatli chempionlik himoya jangiga aylandi.
SHunday qilib, engil vazn chempioni Bozorov faoliyatidagi o'n ikkinchi g'alabasini rasmiylashtirdi. U bunga qadar 12 ta jangda 11 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyatni o'z hisobiga yozdirib qo'ygandi.
27 yashar Fazliddin "Karim" Madrahimovning rekordi esa endi 14-6-1 ko'rinishida. Hardcore sobiq chempioni 2024 yil dekabr oyida boshqa bir hamyurtimiz — Muhiddin Mamajonovni mag'lub etgandi.
Fikrlar