13 dek 18:47
Yangiliklar
Andre Uord Devis - Garsiya jangida kim favorit ekanini aytdi
"Menimcha, bu jangda biz Devisni qo'llab-quvvatlashimiz kerak. Jang yigitlarning hech biri uchun yaxshi variant emas, lekin menimcha Devis ustunlikka ega. Buni uning tajribasi va zarba kuchiga tayanib aytyapman.
Rayan juda tez bokschi. Bu Jervonta uchun muammo bo'ladi. SHu o'rinda savol tug'iladi — Garsiya Devisning zarbasiga dosh bera oladimi? Jervonta zarba berganida u xotirjamlikni saqlab, jangni davom ettira oladimi?
Agar Garsiya shunday qilsa, unda g'alaba qozonish uchun yaxshi imkoniyat bo'ladi. Ammo, bu ikkala yigitga ham oson bo'lmaydi. Bu kurash oxirigacha davom etishiga shubha qilaman", - dedi Uord.
Malumot uchun, Garsiya va Devis o'rtasidagi jangning 15 aprel kuni o'tkazilishi kutilmoqda.
Fikrlar