So’nggi yangiliklar

19:13Ҳали қайдномага ҳам кириб улгурмаган "Насаф" легионери сафдан чиқди 0 18:52Бенавидеснинг мураббийи Бетербиевга қарши жанг ҳақида гапирди 0 18:24Хабиб Нурмагомедов Махачев учун ярим ўрта вазндаги рақибларни санади 0 18:03"Чимаевнинг Р4Р рейтингидаги ўрни — Топурия ва Махачевдан кейин" - Кормье 0 17:4316 ёшли Рио "Ливерпуль" тарихига кирди 0 17:27"Оливейрани нокаут қила оламан" - Физиев 0 17:08Гандбол. ЖЧга йўл олгани айтилган терма жамоамиз дисквалификация қилиндими? 0 16:52Вилоят ижрочи директорлари Олимпия шаҳарчасини томоша қилишди ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:25Тони Фергюсон: "Макгрегор мендан қўрққани учун жанг қилмади" 0 16:01"Реал" собиқ футболчиси "Байер"га ўтади 0 15:39Рамазон Темиров UFC рейтингида пастлади 0 15:17Магомед Анкалаев қачон оғир вазнга ўтишини айтди 0 14:53Физиев: "Оливейранинг мухлислари менга мотивация беради" 0 14:32Cергей Фомин япониялик теннисчи олдида ожиз қолди 0 14:11МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи 0

30 avg 20:12
Yangiliklar

Boks/MMA

Andre Uord Usik - Fyuri jangida kim g'alaba qozonishini aytdi

Amerikalik bokschi Andre Uord superog'ir vazn toifasida WBC chempioni Tayson Fyuri hamda WVA, WVO, IBF va IBO kamarlari sohibi Aleksandr Usik o'rtasidagi ehtimoliy jang haqidagi fikri bilan o'rtoqlashdi.

Amerikalikning so'zlariga ko'ra, ushbu jangda "Lo'lilar qiroli" yaqqol favorit.

"Biz ko'p yillar davomida efirda aytamiz, bo'yi katta jangchi har doim bo'yi kichik jangchini mag'lub etadi. Men shunday bo'lishiga ishonaman. Hech qanday holatda Usikka ustunlik berilmasligi kerak. Ammo, Tayson Fyuri Entoni Joshua emas.

Fyuri tajribaga ega. Tayson katta imkoniyatlarga ega va undan qanday foydalanishni biladi. Uning uslubiga hech qanday qarshi chora yo'q. U boks tushishni biladi. Biz uning Deontey Uaylder kabi zarba pancherga qarshi jang o'tkazgani va ko'pchilik bokschilarni nokautga uchratgan kuchli zarbalarini ko'rdik. Fyuri o'rnidan turdi, jang rejasiga amal qildi va g'alaba qozondi", — dedi Andre Uord.

SHuningdek, Uord jang qiziqarli bo'lishini, ammo bo'ydagi farqni sezilarli ekanini takidladi.

"Usik bilan jangda qandaydir farq yuzaga kelishiga shubham bor. Ammo, bu ikkala bokschining mahorati tufayli jang qiziqarli bo'lishi aniq", - deya qo'yimcha qildi Uord.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing