26 iyu 10:15
Yangiliklar
Boks/MMA
Andrey Pulyaev bo'lajak jang oldidan Nursulton Ro'ziboevni maqtab qo'ydi
Rossiyalik UFC jangchisi Andrey Pulyaev 27 iyun kuni Bakuda tashkil etiladigan UFC Fight Night turnirida hamyurtimiz Nursulton Ro'ziboevga qarshi oktagonga chiqadi.
Rossiyalik atlet mazkur bahs oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Nursulton bilan shaxsan ko'rishmaganman. Uning UFC'dagi barcha janglarini qaytadan ko'rib chiqib, tahlil qildim. U debyut jangidanoq yaxshi natija bilan UFC'ga kirib kelgan. Brunno Ferreyradek kuchli raqibni nokaut qilgan, bu katta yutuq. Uning barcha janglari qiziqarli o'tgan. Hatto Xoakin Bakli bilan jangda ham Nursulton raqibini uchinchi raundda muvozanatdan chiqarib yuborgan", deydi Andrey Pulyaev.

Havola :
Manba : Olamsport.com
Fikrlar