23 apr 09:09
Yangiliklar
Tennis
Andrey Rublyov Banya-Lukada bosh sovrin uchun kortga chiqadi
Bosniya va Gercegoviniyaning Banya-Luka shahrida o'tkazilayotgan tennis turnirida finalchilar aniqlandi.
Dunyoning oltinchi raketkasi, rossiyalik Andrey Rublyov 90 daqiqa davom etgan 1/2 finalda ATP reytingida 73-pog'onadan joy olgan slovakiyalik Aleks Molchanni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/2, 6/4.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk rasmiy uchrashuvi edi. Rublyov bahs davomida 5, Molchan esa 3 ta eys zarbasini ijro etgan. Endi Andrey bosh sovrin uchun serbiyalik Dushan Layovichga qarshi kortga chiqadi. Dushan ikkinchi yarim final bahsida hamyurti Miomir Kechmanovichdan ustun kelgan.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar