12 okt 09:44
Yangiliklar
Tennis
Andrey Rublyov Shanghai Masters 1/4 finalida
Xitoyning SHanxay shahrida tennis bo'yicha "Masters" seriyasiga kiruvchi turnir davom etmoqda.
Dunyoning ettinchi raketkasi Andrey Rublyov ikkinchi davrada reytingda o'zidan besh pog'ona quyida borayotgan amerikalik Tommi Polni 7/5, 7/5 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob Andrey foydasiga yiriklashdi - 5:1.
To'qson olti daqiqa davom etgan uchrashuvda Rublyov 4, Pol 6 ta eys zarbasini ijro etdi. Breyklar soni rossiyalik tennischida ko'proq bo'ldi - 3 ga 1. Endi Andrey Rolex Shanghai Masters turnirining 1/4 finalida franciyalik Ugo Umberga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar