So’nggi yangiliklar

19:03"Шон ютишига умид қиламан". Алекс Перейра Стриклендга маслаҳат берди 0 18:42Конкур бўйича халқаро турнир якунланди 0 18:21"Реал" Гарсияни 60 миллион евро эвазига қўйиб юборишга тайёр 0 18:00Энг кучли қиличбозларимиз Тошкентда жам бўлишди 0 17:39UFC рейтинги янгиланди. Учта вазндаги ўзгаришлар бир саҳифада 0 17:18Istanbul Open. Тимофееванинг ҳам юриши бошланди 0 16:57Кунья МЮ Чемпионлар Лигасига чиққанидан кейин дадил баёнот берди 0 16:36"У "стойка"да ҳам Стриклендни таслим этиши мумкин". Чимаевнинг спарринг шериги бўлажак жанг ҳақида гапирди 0 16:15The Ring. Иноуэ янгиланган рейтингда пешқадамга айланиб олди 0 15:54Усик — Бенавидес жанги ўтказилиши мумкин 0 15:33"Реал" ҳимоячиси узоқ муддатга сафдан чиқди 0 15:12Чимаев: "Стриклендни ҳар куни дўппослардим, балки Шон бундан хафа бўлгандир" 0 14:51Камшибек Конкабаев шу ҳафта проф боксда жанг қилади 0 14:30Яхши янгилик: Велоспортчимиз "Giro d’Italia" нуфузли турнирида иштирок этади 0 14:09Чемпионлик пойгаси авжида. "Арсенал" ва "Ман Сити"нинг АПЛдаги тақвими қандай? 0

04 okt 11:37
Yangiliklar

Boks/MMA

Ankalaev Pereyraga qarshi! Erta tongda bizni UFC 320 turniri kutib turibdi

5 oktyabr tongida AQSHning Las-Vegas shahridagi T-Mobile Arena majmuasida aralash yakkakurash bo'yicha UFC 320 turniri o'tkaziladi.

Musobaqaning markaziy jangi rossiyalik yarim og'ir vazn toifasi chempioni Magomed Ankalaev va sobiq chempion, Braziliya vakili Aleks Pereyra o'rtasida kechadi.

Ikkinchi asosiy jangda esa eng engil vazn toifasining gruziyalik chempioni Merab Dvalishvili o'z kamarini amerikalik Kori Sendxagendan himoya qilishga urinib ko'radi.

Turnir Toshkent vaqti bilan tonggi 3:00 da boshlanadi, prelim kard bahslari 5:00, asosiy kard janglari esa 7:00 da start olishi belgilangan.

UFC 320 turnirining to'liq kardi bilan tanishing:

Asosiy kard:

Yarim og'ir vazn toifasida chempionlik kamari uchun: Magomed Ankalaev (Rossiya) — Aleks Pereyra (Braziliya);
Eng engil vaznda chempionlik kamari uchun: Merab Dvalishvili (Gruziya) — Kori Sendxagen (AQSH);
Yarim og'ir vaznda: Irji Proxazka (CHexiya) — Xalil Rauntri (AQSH);
Yarim engil vaznda: Josh Emmett (AQSH) — Yusef Zalal (Marokash);
O'rta vaznda: Abusupyan Magomedov (Germaniya) — Jo Payfer (AQSH).

Prelim kard:

O'rta vaznda: Ateba Gote (Kamerun) — Treston Vayns (AQSH);
O'rta vaznda: Edmen SHaxbazyan (AQSH) — Andre Muniz (Braziliya);
Eng engil vaznda: Kris Guterres (AQSH) — Farid Basharat (Afg'oniston);
Oraliq vaznda (69,39 kg): Daniel Santos (Braziliya) — YU San YU (Koreya Respublikasi);

Boshlang'ich prelim kard:

Ayollar o'rtasida eng engil vaznda: Meysi CHiasson (AQSH) — Yana Santos (Rossiya);
Eng engil vaznda: Patchi Miks (AQSH) — Yakob Viklaj (Polsha);
Yarim o'rta vaznda: Puna Soriano (AQSH) — Nikolay Veretennikov (Qozog'iston);
Yarim o'rta vaznda: Ramiz Braximay (AQSH) — Ostin Vanderford (AQSH);
Ayollar o'rtasida eng engil vaznda: Veronika Xardi (Venesuela) — Brogan Uolker (Guam).

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing