08 may 15:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Ankalaev: "Pereyraning akkauntini men buzdim"
UFC chempioni Magomed Ankalaev sobiq chempion, braziliyalik Aleks Pereyraning bayonotiga hazilomuz munosabat bildirdi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Pereyra UFC rahbariyati bilan kelishmovchiliklar tufayli promoushenni tark etishi mumkinligini aytgandi. Ammo keyinroq u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi buzilganini malum qildi.
"Bu akkauntni men buzdim. Xavotir olma, Aleks. Men seni kutyapman", — deb yozdi Ankalaev.
Sportchilar may oyida o'zaro jang qilishgan va unda Magomed Ankalaev g'alabaga erishgandi. Tomonlar endi revansh jangini tashkil etishmoqchi.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar