05 mar 17:19
Yangiliklar

Ankalaev Pereyraning g'alabaga 200 ming dollar tikish bo'yicha taklifiga javob qaytardi
Sportchilar o'rtasidagi bellashuv 9 mart tongida tashkil etiladigan UFC 313 turnirining asosiy voqeligi bo'ladi.
"Musulmon sifatida aytishim mumkinki, Islomda pul tikish taqiqlangan. Qolaversa, musulmon sifatida men har yili boyligimning 2,5 foizini zakot sifatida berishim shart, bu Islomning besh ustunidan biri hisoblanadi. Dunyo bo'ylab yordamga muhtoj bolalar ko'p va biz jangdan keyin ham nimadir qilishimiz mumkin, lekin buni reklama qilishimiz shart emas. Menejerlarimiz yaxshi munosabatlarga ega, shuning uchun biz ularga buni hal qilishiga ruxsat beramiz. Tez orada ko'rishguncha", deya vaziyatga munosabat bildirdi Magomed.
Eslatib o'tamiz, Pereyra kecha Magomed Ankalaevga g'alabasiga ishonayotgan bo'lsa, 200 ming AQSH dollari tikishni taklif qilgandi.
Fikrlar