11 dek 17:43
Yangiliklar
Ankalaev UFC`ning Teysheyra - Xill chempionlik jangini belgilaganiga munosabat bildirdi
Unga ko'ra, yanvar oyida Braziliyada o'tkaziladigan UFC turnirida sobiq chempion Glover Teysheyra amerikalik Jamal Xillga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Bugun aslida g'alaba qozongan, faqat qo'li g'olib sifatida ko'tarilmagan rossiyalik Magomed Ankalaev UFC rahbarining ushbu qaroriga munosabat bildirdi.
"Vakant qolayotgan UFC kamari uchun Teysheyra - Xill Braziliyada jang qiladi? Bu ularning qarori. Men shu erdaman va kamar uchun ovni davom ettiraman", – dedi Ankalaev ESPN AR nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, aslida bugun UFC 282 turnirining markaziy jangida braziliyalik Glover Teysheyra divizion chempioni Irji Proxazkaga qarshi oktagonga chiqishi lozim edi. Ammo chexiyalik mashg'ulot chog'ida jarohat olib, kamardan voz kechgandi. Keyin Teysheyra Magomed Ankalaev bilan jang qilishdan bosh tortdi. Natijada Yan Blaxovich - Magomed Ankalaev jangi chempionlik deya qabul qilindi.
Fikrlar