So’nggi yangiliklar

16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0 10:08Сауль Альварес навбатдаги ғалабасига эришди, Мунгия ҳам ғолиб 0 09:50UFC ойнинг энг яхши жангини эълон қилди 0 08:45Рамазон Темиров Каванага қарши мағлубиятдан кейин илк бор мухлисларга мурожаат қилди 0 07:59"Барселона" иккита мағлубиятдан сўнг бор аламини "Алавес"дан олди, "кўк-анорранглилар" рақиб дарвозасига 6 та тўп киритишди 0 19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0

05 okt 10:00
Yangiliklar

Boks/MMA

Ankalaevni nokaut qilgan Pereyra, Dvalishvilida muvaffaqiyatli himoya va UFC 320 turnirining barcha natijalari bitta sahifada

AQSHning Las-Vegas shahridagi T-Mobile Arena majmuasida aralash yakkakurash bo'yicha UFC 320 turniri bo'lib o'tdi.

Musobaqaning markaziy jangi rossiyalik Magomed Ankalaev va Braziliya vakili Aleks Pereyra o'rtasida kechdi. Ushbu jangning 1-raundidayoq Aleks Pereyra nokaut evaziga g'alaba qozonib, kamarini qaytarib oldi.

Ikkinchi asosiy jangda esa eng engil vazn toifasining gruziyalik chempioni Merab Dvalishvili Kori Sendxagenni ochkolar evaziga mag'lub etib, kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Ushbu turnirda qayd etilgan barcha natijalar bilan tanishing:


Asosiy kard:

Yarim og'ir vazn toifasida chempionlik kamari uchun: Magomed Ankalaev (Rossiya) — Aleks Pereyra (Braziliya) - Aleks Pereyra 1-raunddayoq texnik nokaut evaziga g'alaba qozondi;

Eng engil vaznda chempionlik kamari uchun: Merab Dvalishvili (Gruziya) — Kori Sendxagen (AQSH) - Merab Dvalishvili ochkolar evaziga g'alaba qozondi (49-45, 49-45, 49-46);

Yarim og'ir vaznda: Irji Proxazka (CHexiya) — Xalil Rauntri (AQSH) - Irji Proxazka 3-raundda nokaut evaziga g'alaba qozondi;

Yarim engil vaznda: Josh Emmett (AQSH) — Yusef Zalal (Marokash) - Yusef Zalal 1-raundda armbar usulida g'alabaga erishdi;

O'rta vaznda: Abusupyan Magomedov (Germaniya) — Jo Payfer (AQSH) - Jo Payfer 2-raundda sabmishn evaziga g'alaba qozondi;


Prelim kard:

O'rta vaznda: Ateba Gote (Kamerun) — Treston Vayns (AQSH) - Gote 1-raundda nokaut evaziga g'alaba qozondi;

O'rta vaznda: Edmen SHaxbazyan (AQSH) — Andre Muniz (Braziliya) - Edmen SHaxbazyan 1-raundda nokaut evaziga g'alaba qozondi;

Oraliq vaznda (69,39 kg): Daniel Santos (Braziliya) — YU San YU (Koreya Respublikasi) - Daniel Santos 2-raundda nokaut evaziga g'olib bo'ldi;



Boshlang'ich prelim kard:

Eng engil vaznda: Patchi Miks (AQSH) — Yakob Viklaj (Polsha) - Yakob Viklaj ochkolar evaziga g'alaba qozondi (28-29, 29-28, 28-29).

Yarim o'rta vaznda: Puna Soriano (AQSH) — Nikolay Veretennikov (Qozog'iston) - Puna Soriano ochkolar evaziga g'alabaga erishdi (30-27, 30-27, 30-27);


Ayollar o'rtasida eng engil vaznda: Meysi CHiasson (AQSH) — Yana Santos (Rossiya) - Yana Santos ochkolar evaziga g'olib bo'ldi (29-28, 29-28, 29-28);

Eng engil vaznda: Farid Basharat (AQSH) - Kris Guterres (AQSH) - Farid Basharat ochkolar evaziga g'alaba qozondi (29-28, 29-28, 29-28);

Yarim o'rta vaznda: Ramiz Braximay (AQSH) — Ostin Vanderford (AQSH) - Ramiz Braximay 2-raundda og'rituvchi usulda g'alaba qozondi;

Ayollar o'rtasida eng engil vaznda: Veronika Xardi (Venesuela) — Brogan Uolker (Guam) - Veronika Xardi ochkolar evaziga g'alaba qozondi (30-27, 30-27, 30-27).

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing