08 apr 08:59
Yangiliklar
Antaliya Gran-Prisi. So'nggi kun qahramonlari (Ayollar)
Uch kun davom etgan musobaqada sayyoramizning 5 qitasi 78 davlatidan jami 533 nafar ishtirokchi Gran-Pri medallari hamda Tokio-2020 Olimpiadasining muhim reyting ochkolari uchun tatamiga chiqishdi.
Musobaqaning so'nggi uchinchi kuni ayollar -78 hamda +78 kg vazn toifalarida o'z mahoratlarini namoyish etishdi. Quyida ushbu vazn toifasida shoxsupaga ko'tarilgan sportchi-qizlar bilan tanishing:
Malumot uchun, Turkiya Gran-Prisida O'zbekiston ayollar terma jamoasi ishtirok etmadi.
-78 kg vazn toifasi
1. Anna Mariya Vagner (Germaniya)
2. Kaliema Antomarchi (Kuba)
3. Lyuse Malzan (Germaniya)
3. Anastasiya Turchin (Ukraina)
+78 kg vazn toifasi
1. Irina Kindzerska (Ozarbayjon)
2. Beatris Souza (Braziliya)
3. Kayra Sayit (Turkiya)
3. Jasmin Kuelbs (Germaniya)
Fikrlar