08 apr 09:20
Yangiliklar
Antaliya Gran-Prisi. So'nggi kun qahramonlari (Erkaklar)
Uch kun davom etgan musobaqada sayyoramizning 5 qitasi 78 davlatidan jami 533 nafar ishtirokchi Gran-Pri medallari hamda Tokio-2020 Olimpiadasining muhim reyting ochkolari uchun tatamiga chiqishdi.
Musobaqaning so'nggi uchinchi kuni erkaklar -90, -100 hamda +100 kg vazn toifalarida o'z mahoratlarini namoyish etishdi. Quyida ushbu vazn toifasida shoxsupaga ko'tarilgan dzyudochilar bilan tanishasiz:
Malumot uchun, Turkiya Gran-Prisida ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi bitta kumush medalni qo'lga kiritdi. -60 kg vazn toifasidagi vakilimiz Kemran Nurullaev finalga qadar mag'lubiyatsiz etib borib, musobaqa vice-chempioniga aylandi.
-90 kg vazn toifasi
1. Mixail O'zerler (Turkiya)
2. Giorgi Papunashvili (Gruziya)
3. Komronshox Ustapiriyon (Tojikiston)
3. Avtandili Tchrikishvili (Gruziya)
-100 kg vazn toifasi
1. Aleksandr Iddir (Franciya)
2. Rafael Buzakarini (Braziliya)
3. Toma Nikiforov (Belgiya)
3. Elmar Gasimov (Ozarbayjon)
+100 kg vazn toifasi
1. Roy Meyer (Gollandiya)
2. Levani Matiashvili (Gruziya)
3. Lukash Krpalek (CHexiya)
3. Vladut Simeonesku (Ruminiya)
Fikrlar